Oyiga 700 000 soʻm, kurs 4 oy davom etadi, jami 2 800 000 soʻm. Kurs boshida bir yoʻla toʻlasangiz, 300 000 soʻm chegirma bor: 2 500 000 soʻm toʻlaysiz. Narx onlayn va oflayn formatda bir xil. Click, Payme yoki bank orqali toʻlash mumkin, oflayn formatda naqd pul ham olinadi.
Asosiy kursimiz Matematika ❶ 12–17 yoshli oʻquvchilar uchun. Lekin kursni yoshga qarab emas, bilimga qarab tanlaymiz: farzandingiz kasrlar va oddiy tenglamalarni hali tushunmasa, Matematika ❶ unga ogʻirlik qiladi. Unda avval Foundation kursidan boshlaydi: 12 ta darsda asoslar mustahkamlanadi, keyin Matematika ❶ ga bemalol oʻtadi.
Ikkalasida ham 50 ta video dars, haftasiga 3 ta jonli dars va ota-onaga haftalik hisobot bor. Oflayn formatda jonli darslar Toshkentdagi sinfxonada, ustoz bilan yuzma-yuz oʻtadi. Onlayn formatda darsga smartfon, planshet yoki noutbukdan qoʻshilasiz, 10 Mbps internet yetadi. Uydan uzoq boʻlsangiz yoki viloyatda yashasangiz, onlayn qulayroq.
Ha, birinchi dars bepul. Pastdagi formani toʻldiring: operatorimiz qoʻngʻiroq qilib, bepul darsga yozib qoʻyadi. Farzandingiz dars qanday oʻtishini oʻz koʻzi bilan koʻradi, keyin qaror qilasiz.
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor massivi, 4B. Dushanbadan shanbagacha 9:00 dan 18:00 gacha ishlaymiz. Kelishdan oldin +998 77 754 11 01 raqamiga qoʻngʻiroq qilib qoʻysangiz, sizni kutib olamiz.
Biz yapon metodikasi Flexible + TTP boʻyicha oʻqitamiz: bola avval video darsda mavzuning mantiqini tushunadi, jonli darsda esa yechimini oʻzi tushuntirib beradi. Guruhda 15 tadan koʻp oʻquvchi boʻlmaydi. Har bob oxirida test bor: 80% toʻplamagan oʻquvchi keyingi bobga oʻtmaydi, ustoz u bilan alohida ishlaydi. Birinchi oy ichida farzandingiz fikrlashida oʻzgarish sezmasangiz, pulingizni toʻliq qaytaramiz.
Mirai Step platformasida har hafta hisobot chiqadi: farzandingiz darslarning necha foizini koʻrdi, uy vazifasini qanday bajardi, ustoz qanday baho qoʻydi. Kurs boshidagi va oxiridagi test natijalari ham yonma-yon solishtirib koʻrsatiladi.
Matematika ❶ kursi 16 hafta (4 oy) davom etadi. U 8 ta bobdan iborat. Oʻquvchidan haftasiga
taxminan 6–8 soat mustaqil vaqt talab etiladi (3 ta jonli dars + video darslarni koʻrish va
topshiriqlarni bajarish).
Ha. Yaponiya TTP metodikasining eng muhim qismi bu oʻquvchining darsdagi faol muhokamasi va
oʻz yechimini soʻzlab berishidir. Shuning uchun jonli darslarga qatnashish qat‘iy talab
etiladi.
Har bir guruhda ta‘lim sifatini eng yuqori darajada ushlab turish uchun maksimal 15 tagacha
oʻquvchi tahsil oladi. Bu har bir bola bilan ustozning individual ishlashiga imkon beradi.
Toʻlovni har oy boshida Click, Payme onlayn toʻlov tizimlari yoki bank rekvizitlari orqali
amalga oshirish mumkin. Kurs boshida bir yoʻla toʻlasangiz, 300 000 soʻm chegirma bor: 2 800 000 soʻm oʻrniga 2 500 000 soʻm.
Ha. Bizda toʻliq kafolat tizimi mavjud: agar darslarning birinchi oyi davomida
farzandingizning fikrlashida hech qanday ijobiy oʻzgarish kuzatmasangiz, toʻlangan pulni
toʻliq qaytaramiz.
Darslarda qatnashish uchun barqaror internetga ulangan smartfon, planshet yoki noutbuk
zarur. Jonli muloqot uchun ishlaydigan kamera va mikrofon boʻlishi tavsiya etiladi.
Oddiy video darslarni va onlayn translyatsiyani koʻrish uchun 10 Mbps va undan yuqori
tezlikdagi internet yetarli boʻladi.